Mavsumga hozirlik

«O’zpahtasanoat» uyushmasi Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 11 iyundagi «Respublika pahta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqaruvini takomillashtirish chora tadbirlari to’grisida»gi PF-2874 sonli Farmoni asosida «O’zpahtasanoatsotish» davlat akciyadorlik uyushmasi negizida tashkil etilgan.
Uyushma faoliyatining asosiy yo’nalishlari: Pahta tozalash korhonalariga pahta mahsulotlari ishlab chiqarish va urug’lik chigit tayyorlashda yordam berish
Soha korhonalarini tehnik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni modernizaciyalash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish Urug’lik chigit fondini tayyorlash tehnikasi va tehnologiyasini ishlab chiqish va joriy qilish Pahta hom ashyosi va uning mahsulotlarini klassifikaciyalash sistemasini takomillashtirish. Pahta navlarini yangilanishi va navlarni joylashtirishda o’rnatilgan tartibga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni ta'minlash. O’zbek pahtasini jahon bozoriga chiqarishda kayta ishlovchi tarmoklarning roli bekiyos. Pahta tolasi «O’zpahtasanoat» uyushmasiga karashli pahta zavodlarida ishlab chiqariladigan, eksportga yunaltirilgan mahsulotning muhim turlaridan biri bo’lib, halkaro ekspertlar fikricha, sungti yillarda horijiy iste'moqchilar tomonidan o’zbek tolasining pahta bozori talablariga tulik javob beruvchi sifat hususiyatlarining yahshilanishi sabab unga bo’lgan kizikish yanada oshdi.
21.04.2011Batafsil o'qish









Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiya muhiti xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning ko‘payishi va barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayni paytda Namangan viloyatida oltmishga yaqin qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotir. Ular safi yildan-yilga kengaymoqda. Pop tumani Xalqobod shaharchasida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Darina obuv” korxonasi ishga tushirildi. Mazkur korxonani tashkil etish uchun 152 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi.
Mamlakatimizda eksport qiluvchi korxonalarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi ularning barqaror rivojlanishi hamda yurtimiz iqtisodiyoti va eksport salohiyatining yuksalishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda Andijon viloyatida ham horijiy sheriklar bilan hamkorlikda ish olib borayotgan 90 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Samosherteks” O‘zbekiston-Rossiya-Amerika qo‘shma korxonasi ham xorijiy investitsiya hisobiga tashkil etilgan. Kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxona mahsuloti ichki va tashqi bozorda xaridorgir.